SmartMedical.UZ haqida
SmartMedical.UZ — anatomiya, ultratovush diagnostikasi va radiologiya bo‘yicha o‘zbek tilidagi ta’lim loyihasi. Maqsadimiz murakkab tibbiy mavzularni sodda, aniq va manbasi ko‘rsatilgan holda tushuntirish.
Loyihani shifokor yuritadi. Materiallar ishonchli darsliklar va tekshirilgan manbalarga tayanib tayyorlanadi, har bir mavzu e’londan oldin ko‘rib chiqiladi.
Hozir ochiq wiki-kitob, qisqa videolar va infografikalar ustida ishlayapmiz. Tayyor bo‘lgan bo‘limlar shu sayt va YouTube, Instagram, Facebook sahifalarimizda e’lon qilinadi.
Materiallar ta’lim uchun, ular shifokor ko‘rigi o‘rnini bosmaydi. Batafsil: tibbiy ogohlantirish sahifasi.